Biz haqimizda

NXTLVL —
bu tizim

2023 yilda oddiy suhbatlardan boshlangan bu yig'ilish, bugunga kelib shaxsiy rivojlanishni kuchaytiradigan katta bir tizimga aylandi.

Maqsad

Har bir a'zo o'z sohasida kuchli, tizimli va tajribali mutaxassis bo'lishi va hayotda esa sog'lom, chiqishuvchan va kuchli bo'lishi kerak.

Qadriyatlar

O'qish

Har hafta kitob, har oy yangi bilim

Intizom

So'z va amal — bir butun

Davra

Bir-birini yuqoriga tortadigan jamoa

Halollik

Ochiq gap, halol munosabat

Sport

Jismoniy intizom va faollik

Health

Sog'lom ovqatlanish va hayot tarzi


Qisqa tarix

  1. 2023

    2023 — "Boshlanish" 2023-yil 15-yanvar kuni **PNU Brothers** hamjamiyatiga asos solindi. Bu bugungi Club g‘oyasining ilk qadami bo‘lib, do‘stlikni mustahkamlash, shaxsiy va professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Hamjamiyat a'zolari maqsadlar qo‘yish, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish va har oy uchrashuvlar orqali o‘z natijalari, yutuqlari hamda tajribalarini baham ko‘rishardi. Bu jarayon hisobdorlik, o‘zaro yordam va doimiy rivojlanish madaniyatini shakllantirdi. PNU Brothers qisqa vaqt faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, aynan shu davr keyinchalik Club brendining qadriyatlari va rivojlanish tizimiga mustahkam poydevor bo‘ldi.
  2. 2024

    2024 — "Marafon" bosqichi 2024-yil 21-sentyabr kuni **Marafon BOP** loyihasiga start berildi. Bu bosqich hamjamiyat faoliyatini yanada tizimli va intizomli shaklga olib chiqdi. Oylik uchrashuvlar haftalik formatga o'tkazildi, ishtirokchilar esa kunlik rejalar asosida ishlay boshlashdi. Har hafta yakunida bajarilgan vazifalar tahlil qilinib, o'sish sur'ati muntazam kuzatib borildi. Shuningdek, uchrashuvlarda kitob muhokamalari, yangi g'oyalar ustida ishlash va tajriba almashish yo'lga qo'yildi. Sog'lom hayot tarzini shakllantirish maqsadida har bir a'zo uchun oyiga kamida **12 marta sport bilan shug'ullanish** majburiy odat sifatida joriy etildi.
  3. 2025

    2025 — NEXT LEVEL CLUB'ning tashkil topishi 2025-yilda ikki yil davomida faqat yopiq hamjamiyat sifatida faoliyat yuritgan klub o'z faoliyatini ommaga ochishga qaror qildi. Asosiy maqsad — sinovdan o'tgan rivojlanish tizimini boshqalar bilan ulashish, ilhom berish va ko'proq insonlarning o'sishiga hissa qo'shish edi. Shu yili guruh a'zosi **Davlatdiyorov Furqat** tomonidan taklif etilgan **NXTLVL (NEXT LEVEL CLUB)** nomi barcha a'zolar tomonidan bir ovozdan ma'qullanib, klubning rasmiy nomiga aylandi. Klubning Instagram sahifasi ishga tushirilib, jarayonlar, bilimlar va natijalar post hamda reels formatida muntazam ulashila boshlandi. Haftalik uchrashuvlarda har bir a'zo o'z sohasi bo'yicha taqdimotlar o'tkazib, tajribalarini boshqalar bilan bo'lishdi. Shaxsiy rivojlanish, kitob muhokamalari, foydali g'oyalar, sport, sog'lom turmush tarzi hamda moliyaviy savodxonlik va kapitalni ko'paytirish bo'yicha fikr almashish klub faoliyatining ajralmas qismiga aylandi.
  4. 2026

    Shaxsiy rivojlanish va networking tizimi - guruh a'zolarini rivojlanishiga sabab bolib kelmoqda....

Meeting formati

Har shanba — 20:00

01

Check-in

Haftalik natijalar va holat

02

Haftalik tahlil

Hafta qanday o'tganini ko'rib chiqish

03

Taqdimot

Asosiy mavzu bo'yicha taqdimot

04

Taqdimot tahlili

Taqdimot bo'yicha muhokama va fikrlar

05

Sohadagi yangiliklar

Sohadan yangiliklar almashinuvi

06

Keyingi haftalik maqsadlar

Keyingi hafta uchun maqsadlar belgilanadi


Club qoidalari

  • Har bir meetingga qatnashish majburiy
  • Oyiga 12 marta sport bilan shug'ullanish
  • O'zaro hurmat
  • Doimiy rivojlanish